Burchimiz

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Mission and the translation is 100% complete.

Ushbu sahifada Vikimedia Fondi burchining taʼrifi keltirilgan; unda bizning hozirgi faoliyatimiz va vazifalarimiz, loyihalarimizning miqyosi va asosiy qadriyatlarimiz haqida soʻz yuritilgan. U oliy maqsadlarimizdan farq qiladi. Burchimiz taʼrifi Homiylar Kengashi tomonidan 2007-yilning aprelida tasdiqlangan Fond Nizomining qisqa, tuzatilgan talqini boʻlib, quyidagicha ifodalanadi:

Vikimedia Fondi oʻz burchini oʻquv-taʼlim materiallarini erkin litsenziya ostida yoki jamiyat mulki sifatida yigʻish va takomillashtirish imkoniyatini oshirish va bu ishga butun yer yuzi aholisini jalb etish, hamda ularni samarali va keng miqyosda ommalashtirishda deb biladi.

Vikimedianing mahalliy boʻlimlari bilan hamkorlikda, Fond oʻzining koʻp tillik viki-loyihalarini (va shu burchni amalga oshirish yoʻlidagi boshqa loyihalarni) ular faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun kerakli boʻlgan infratuzilma va tashkiliy koʻmak bilan taʼminlaydi.

Fond burchi taʼrifiga oʻzgarishlar kiritish uchun takliflar Mission/Unstable sahifasiga joylashtiriladi va kamida yiliga bir martadan koʻrib chiqiladi.

Shuningdek qarang: Nizomimiz, Oliy maqsadlarimiz, Qadriyatlarimiz