Jump to content

GLAM Wiki 2025/uz

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page GLAM Wiki 2025 and the translation is 67% complete.

The GLAM Wiki Conference 2025: A Week of Connection and Inspiration in Lisbon

Group Photo — GLAM Wiki Conference 2025
Group Photo — GLAM Wiki Conference 2025

From 30 October to 1 November, the global GLAM, Culture and Heritage, and Wiki communities came together in Lisbon for the latest edition of the GLAM Wiki Conference.

Over three vibrant days, participants enjoyed more than 40 presentations and over two dozen workshops and trainings, all exploring this year’s inspiring theme: Resilience: Shaping the Future Through Community and Openness.

Couldn’t make it or want to relive your favourite moments? You can now watch the session recordings from the Auditorium, browse slides and documentation, and explore photos here on the program page and on Commons.

GLAM Wiki 2025 ga xush kelibsiz, Wikimedia harakatining GLAM, Madaniyat va Meros konferensiyasi!

GLAM Wiki jamoasi butun dunyo bo‘ylab loyihalar, tashabbuslar va faoliyatlarni o‘z ichiga olgan tarmoqdir, u har bir vaqt zonasida va qit’ada faoliyat yuritadi. Ushbu konferensiya jamoa uchun muhim yig‘ilish bo‘lib, erishilgan yutuqlarni nishonlash, tajriba almashish, o‘rganishni rivojlantirish, aloqalarni mustahkamlash va umumiy vazifamizning kelajagini birgalikda shakllantirish uchun imkoniyatdir.

Ushbu tadbir Wikimedia Portugal (WMPT) va Wiki Editoras Lx (WELx) tomonidan tashkil etilmoqda. Ushbu hamkorlik haqida Diff’da batafsil o‘qishingiz mumkin.

Konferensiyamiz mavzusi: Bardoshlilik

Jamoatchilik va ochiqlik orqali kelajakni shakllantirish

Bardoshlilik – bu tabiiy ofatlar, iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy va siyosiy inqirozlar yoki texnologik tahdidlar kabi qiyinchiliklarga moslashish, tiklanish va yanada kuchliroq bo‘la olish qobiliyatidir. Bizning harakatimiz va jamoamiz doimiy ravishda bunday to‘siqlarga duch kelgan, ammo eng muhimi, ulardan o‘tishni va yengishni o‘rgangan. Endi esa yutuqlarimizni nishonlash, ko‘nikma va qobiliyatlarimizni oshirish, hamkorlikda kelajakni yaratish vaqti keldi. Bardoshlilikning turli shakllari GLAM Wiki 2025 konferensiyasining asosiy mavzusidir.

Jamoaning bardoshliligi hamkorlik va aloqalarga asoslanadi. Biz ochiq muloqot, munosabatlarni mustahkamlash va bir-birimizdan o‘rganishga katta e’tibor qaratamiz, shu bilan birga umumiy maqsadlar va strategik vazifalar yo‘lida harakat qilamiz. Faoliyatimiz faqatgina o‘z harakatimiz bilan cheklanib qolmay, bizga yaqin bo‘lgan masalalarni ham ilgari suramiz, shu jarayonda xilma-xil va inklyuziv qarashlarni ham qabul qilamiz.

Raqamli bardoshlilik – bu vositalarni takomillashtirish va doimiy innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan loyiha. Bizning ustuvor yo‘nalishlarimiz – hujjatlashtirish, saqlash, raqamlashtirish va merosni asrash bo‘lib, ularning barchasi ochiq kirish tamoyillari va sog‘lom texnologik infratuzilma bilan mustahkamlanadi. Wikimedia olami o‘n yildan ortiq vaqt davomida GLAM hamjamiyatining bu sohadagi hamkori bo‘lib kelmoqda va biz bu hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.

Kimlar ishtirok eta oladi?

Ushbu konferensiya ochiq harakat doirasida madaniy va meros tashabbuslari bilan shug‘ullanadigan shaxslar va tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Bizning asosiy ishtirokchilarimiz quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Vikimedia hamjamiyati aʼzolari — meros muassasalari bilan loyihalarda ishtirok etayotgan yoki madaniy va meros xilma-xilligini yaxshilashga qaratilgan kampaniyalarni olib borayotgan foydalanuvchilar. Bu toifaga shuningdek, filiallardagi GLAM menejerlari, madaniy meros muassasalaridagi rezident-vikipedistlar (WiR) va boshqalar kiradi.
  • Mutaxassislar — galereyalar, kutubxonalar, arxivlar va muzeylar (GLAM) xodimlari, ayniqsa, Vikimedia bilan hamkorlik qilayotganlar va tajriba hamda eng yaxshi amaliyotlar almashinishni istaydiganlar.
  • Akademiklar va tadqiqotchilar — madaniy va merosga oid materiallarga ochiq kirish masalalariga qiziqqan, Vikimedia loyihalari ularning faoliyatga qanday yordam berishi va foydali bo‘lishini o‘rganayotganlar.
  • Ommaviy siyosat himoyachilari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari — ayniqsa yetarlicha namoyon bo‘lmagan va xizmat koʻrsatilmaydigan jamoalarga madaniy va merosga oid bilimlarni olishi ustida ishlayotganlar.
  • Tashqi hamkorlar — bilim tengligi va raqamli merosga kirish imkonini taʼminlash imkoniyatiga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlar.
  • Va siz!

Nega aynan anʼanaviy (yuzma-yuz) shaklda?

Ushbu konferensiya strategik rejalashtirish, hamkorlikni mustahkamlash va samarali o‘rganish jarayonlarida yuzma-yuz muloqotning ahamiyatiga urg‘u beradi. Wikimedia harakati va undan tashqaridagi turli ishtirokchilarni bir joyga jamlab, biz inklyuzivlik, vakillik va barqaror raqamli meros tashabbuslari haqida chuqur muhokamalarni ilgari surishni maqsad qilganmiz.

Bizga qo‘shiling!

Keling, birgalikda ochiq madaniyatni rivojlantiraylik va kelajak avlodlar uchun madaniy merosning ochiqligi va mavjudligini taʼminlaylik!

Photos & Media

Remember not to upload photos of people wearing orange lanyards. Thank you!