Jump to content

Viki filmni sevadi

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Wiki Loves Film and the translation is 75% complete.
Outdated translations are marked like this.

„Viki kinoni sevadi“ — filmlar, kino sanʼati hamda turli kasbdagi kinoijodkorlarga bagʻishlangan Markaziy Yevropa tanlovidir. Mazkur tanlov mavjud maqolalarni yaxshilash va yangilash, yangi maqolalar yaratish, shuningdek, filmlar, kino madaniyati, tarixi va amaliyotiga oid fotosuratlar hamda videolarni yuklashga qaratilgan. Ushbu tashabbus 2024-yilda Chexiyada vujudga kelgan boʻlib, keyinchalik Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi boʻylab, jumladan, Polsha, Slovakiya, Xorvatiya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya va Armanistonga keng tarqaldi. Tanlovning 2026-yilgi mavsumi 2026-yilning 1-iyulidan 30-sentyabriga qadar boʻlib oʻtadi.

Loyiha haqida

Ushbu tashabbusdan koʻzlangan maqsad — Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi vikimediachilarning bor eʼtiborlarini 2025-yilning iyul va avgust oylari davomida film va kino sanʼatiga qaratishga jalb etishdir. Shuningdek, arxivlar, muzeylar, fondlar, soha tashkilotlari, film va audiovizual festivallar kabi tegishli tashkilot hamda muassasalarni Vikipediyada va boshqa Vikimedia loyihalarida oʻz mahsulotlarini namoyish etish imkoniyatlarini aniqlashga chaqirishni maqsad qilgan. Loyixa doirasidagi faoliyatlar qatoriga mahorat darslari, treninglar va tahrir marafonlari kiradi.

„Viki filmni sevadi“ tashabbusi Chexiya Vikipediyasidagi WikiProject Filmsga tegishli boʻlib, u kino sanʼatiga qiziquvchi faol vikimediachilarni birlashtiradi. Ushbu doimiy tashabbusning eng qizgʻin pallasi 2026-yilning 1-iyulidan 30-sentabriga qadar davom etadigan yozgi marafon hisoblanadi. Marafon davomida Chexiya (Karlovy Vary xalqaro kinofestivali, Uherské Hradištědagi Yozgi kino maktabi), Polsha (Vroslavdagi „Nowe Horyzonty“), Slovakiya („4 Elements“) va boshqa mamlakatlarda boʻlib oʻtadigan yozgi kinofestivallarni Vikipediyada yoritish maqsad qilingan. Shunga qaramay, ushbu marafonda istalgan kishi ishtirok etishi mumkin!

„Viki filmni sevadi“ Wikimedia CEE Hub tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Rahmat!

Qanday ishtirok etiladi?

  • To join the 2026 challenge and stay informed about all activities, register on the event page!
  • If you want to be informed about any activities, which are part of the Wiki Loves Film community, please fill this online form. We will reach out to you soon!

Marafon davomida

  • 2026-yil 1-iyuldan – 30-sentyabrgacha turli tillardagi mavjud maqolalarni tahrirlash (bunda #wikifilm xeshtegidan foydalaniladi)
  • tavsiya etilgan maqolalar roʻyxatidan yangi maqolalar yaratish (bunda #wikifilm xeshtegidan foydalaniladi). Tanlovda nafaqat Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga oid, balki filmlar, kinoijodkorlar, teleseriallar, kino tarixi va shu kabilar haqidagi har qanday maqola ishtirok etishi mumkin!
  • kinoijodkorlar, produserlar va muassasalar (masalan, arxivlar va shu kabilar) tomonidan taqdim etilgan yoki ularga oid fotosuratlarni yuklash
  • film bilan bogʻliq har qanday turdagi videolarni yuklash

Chexiya film festivallari

Festival Joylashuv Sana Vebsayt Dastur rejasi Vikimediyachilar ishtiroki
Karlovy Vary xalqaro film festivali Karlovy Vary, Chexiya 2025-yil 4-iyuldan 12-iyulgacha en
  • tadbir jarayonini suratga olish
  • kino sanoati va soha mutaxassislari uchun tadbirlar (yakka tartibdagi suhbatlar, fotosuratlarni yuklash, alohida tadbirlar)
  • talabalar uchun marafon (kinoshunoslik yoki FAMU (Kino va televideniya maktabi) talabalari va boshqa kino maktablari)
janbery
Uherské Hradiště yozgi kino maktabi Uherské Hradiště, Chexiya 2025-yil 25-iyuldan 31-iyulgacha en
  • Tadbir jarayonidan suratlar
  • Parkda boʻlib oʻtadigan tadbir davomida maʼlumot burchagi (axborot stendi)ni tashkil etish
janbery, Pavel Bednařík (WMCZ)
IFF Karlovy Vary

Boshqa film festivallari

Agar siz Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi ushbu (yoki boshqa) festivallardan biriga tashrif buyurmoqchi boʻlsangiz, iltimos, foydalanuvchi nomingiz bilan birga ushbu festivalni yuqoridagi jadvalga qoʻshib qoʻying.

Tadbirlar

  • Wiki Loves Uzbek CinemaJuly 14th, 2026, 4PM–7PM via ZoomRoʻyxatdan oʻtish
  • Film and Wikipedia, lecture and workshop on Summer Film School in Uherské Hradiště, July 25th, 2026
  • Main online edit-a-thon of Wiki Loves Film 2026, August 12th, 2026

Tanlov

  • „Viki filmni sevadi“ tanlovi 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.
  • Ushbu loyiha marafonining asosiy tashkilotchisi Wikimedia Czech Republic boʻlib, u Wikimedia CEE Hub hamda Wikimedia Polska bilan hamkorligida amalga oshirilmoqda.
  • Ushbu loyiha Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasini qamrab oladi hamda unda quyidagi mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar qatnashishi mumkin: Chexiya, Slovakiya, Polsha, Bolgariya, Xorvatiya, Shedoniyaning shimoli (yoki Shimoliy Makedoniya), Vengriya, Armaniston, Malta.
  • Ishtirokchilar ushbu tanlov va musobaqada #wikifilm xeshtegidan foydalangan holda qatnashadilar. Shuningdek, ishtirokchilar maxsus turkum orqali Viki Omborga fotosuratlar, videolar, audio yoki PDF fayllarni yuklashlari mumkin. Yaratilishi tavsiya etilgan maqolalar roʻyxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
  • Qurʼa tashlash tizimi orqali 3 nafar ishtirokchi pul koʻrinishida boʻlmagan mukofotlar bilan taqdirlanadi. Maxsus hakamlar hayʼati esa WikiRank vositasidan foydalangan holda global miqyosdagi eng yaxshi 5 ta sahifani mukofotlaydi.
  • Tanlov qoidalari maxsus saytda eʼlon qilingan.

Qoidalar

Musobaqa va tanlovning xalqaro qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Suratlar

2024 — Karlovy Vary xalqaro kinofestivali va Yozgi kino maktabi

Hamkorlar

2025 Results

Aloqa uchun

Ishtirokchilar