Tasvirlarga muhtoj Vikipediya sahifalari 2025
Tasvirlarga muhtoj Vikipediya sahifalari 2025 |
| Bosh sahifa | Qatnashuvchi jamoalar | Tashkiliy jamoa | Ishtirok etish | Natijalar | Resurslar | KSS & Tanlov qoidalari |
Tasvirlarga muhtoj Vikipediya sahifalari (WPWP) - har yili oʻtkaziladigan aksiya boʻlib, unda butun dunyo boʻylab Vikipediya muharrirlari, Vikipediya til loyihalari va hamjamiyatlari fotosuratlar yetishmaydigan Vikipediya maqolalariga fotosuratlarni qoʻshadilar. Ushbu tanlov Vikipediya maqolalari sahifalarida turli fototanlovlar, Vikimedia hamjamiyati tomonidan tashkil etilgan fotosayrlardan toʻplangan raqamli media fayllardan foydalanishni targʻib qilishga qaratilgan. Fotosuratlar oʻquvchining eʼtiborini matndan koʻra yaxshiroq jalb etishga, mazmunni ochib berishga va maqolani oʻquvchilar uchun yanada ibratli va qiziqarli qilishga yordam beradi.
Minglab suratlar Vikiomborga turli xil targʻibot dasturlari, fotosayrlar va tanlovlar, jumladan, Viki Yodgorliklarni Sevadi, Viki Afrikani Sevadi, Viki Yerni Sevadi, Viki Folklorni Sevadi va boshqa shu kabi xalqaro fototanlovlar orqali taqdim etilgan. Shunga qaramay, ushbu fotosuratlarning nisbatan kam qismi Vikipediya maqolalarida ishlatilgan. Bugungi kunda Vikiomborda millionlab fotosuratlar mavjud, ammo ularning juda oz qismi Vikipediya maqolalari sahifalarida ishlatilgan. Bu ulkan boʻshliqni ushbu loyiha bartaraf etishga qaratilgan.
Qanday qilib qatnashaman?
Ishtirok etishdan avval quyida keltirilgan yoʻriqnomalar va qoidalar bilan toʻliq tanishib chiqish muhimdir. Eʼtiborsizlik diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin.
Check whether you're eligible. Eligibility rules were revised in the 2023 edition and participants are required to have a User account that's at least a year old to be able to participate. Sign in if you are already registered on any Wikimedia project. The list of all languages of Wikipedia can be found here: one account can be used on all different language versions.
Tasvirga muhtoj maqolani toping. Buning uchun koʻp usullar mavjud. Quyida ba’zi foydali maslahatlar keltirilgan.
Vikiombordan mos tushadigan tasvirni toping. Tasvirni toʻgʻri sarlavha yoki turkum orqali izlang. Buning bir necha usullari mavjud. Bunda siz ushbu oddiy media foydalanish boʻyicha qoʻllanma bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Qoʻshimcha tavsiyalarni ham bu yerda topasiz. Iltimos, shuni yodda tutingki, tasvirning maqsadi — maqola mavzusini oʻquvchi tomonidan yaxshiroq tushunishga yordam berishdir. Odatda bu odamlar, narsalar, faoliyatlar yoki maqolada tasvirlangan tushunchalarni bevosita aks ettirish orqali amalga oshiriladi. Tasvirda asosiy jihat aniq va markaziy boʻlishi kerak. Tasvir mazmunan muhim va mavzu bilan bevosita bogʻliq boʻlishi lozim; shunchaki bezak uchun tanlangan boʻlmasligi kerak.
Maqola sahifasida rasmning tegishli va oʻquvchiga mavzuni tushunishda yordam beruvchi qismini toping. „Tahrirlash“ tugmasini bosib, rasmni joylashtiring hamda maqolada rasm nimani aks ettirayotganini qisqacha izohlovchi sarlavha qoʻshing. Mavjud eng sifatli rasmlardan foydalaning. Sifatsiz tasvirlar zarur boʻlmasa, mutlaqo ishlatilmasligi kerak. Mavzuni ifodalovchi eng yaxshi rasmlarni sinchkovlik bilan tanlang. Barcha tahrirlaringiz uchun tahrir izohini ALBATTA taqdim eting, „Koʻrib chiqish“ orqali kerakli oʻzgartirishlarni kiriting. Rasmlar bilan yaxshilangan barcha maqolalarning tahrir xulosasiga #WPWP heshtegini qoʻshing. Soʻngra „Oʻzgarishlarni chop etish“ tugmasini bosing. Iltimos, WPWP tanlov heshteglaridan foydalanish boʻyicha qoʻllanmani koʻrib chiqing.
Iltimos, rasm sintaksisiga eʼtibor bering! Maqolalardagi bilgiqutilarga surat qoʻshmoqchi boʻlsangiz, sintaksis ancha sodda – faqat fayl nomini yozish kifoya. Masalan, [[File:Obamas at church on Inauguration Day 2013.jpg|thumb|The Obamas worship at [[African Methodist Episcopal Church]] in Washington, D.C., January 2013]]kabi murakkab yozuv oʻrniga, shunchakiThe Obamas at church on Inauguration Day 2013.jpgdeb yozsangiz boʻladi.
Fayl nomi hamda izohi sintaksisi

Oddiy misol (oʻng tomondagi rasmni chiqarish):
[[File:Siberian Husky pho.jpg|thumb|alt=Belbogʻli oq it oʻynoqlab yosh bolaning yuziga burunini ishqalamoqda |Yuk tashish uchun foydalaniladigan Sibir haskisi]]
File:Siberian Husky pho.jpgFayl (tasvir) nomi aniq boʻlishi (jumladan, bosh harflar, tinish belgilari va intervallar) va.jpg,.pngyoki boshqa kengaytmani oʻz ichiga olishi lozim. (Tasvir:vaFayl:bir xil ishlaydi.) Agar Vikipediya va Vikiomborda koʻrsatilgan nomli rasm boʻlsa, maqolada Vikipediya versiyasi paydo boʻladi.- Aksariyat hollarda
thumbtalab etiladi alt=A white dog in a harness playfully nuzzles a young boyAlt matn tasvirni koʻra olmaydiganlar uchun moʻljallangan boʻlib, izohdan farqli oʻlaroq, u tasvirning koʻrinishini qisqacha ifodalaydi. U foydalanish imkoniyatlari boʻyicha koʻrsatmalarga mos kelishi va mashhur voqealar, shaxslar hamda narsalarning nomlarini oʻz ichiga olishi lozim.Yuk tashish uchun foydalaniladigan Sibir haskisiIzoh oxirgi oʻrinda turadi va tasvirning maʼnosi yoki ahamiyatini ifodalaydi.
Qoʻshimcha xususiyatlar va imkoniyatlar uchun en:WP:Extended image syntaxga qarang. Agar siz sintaksisni diqqat bilan tekshirganingizdan keyin ham rasm koʻrinmasa, u qora roʻyxatga kiritilgan boʻlishi mumkin.
- Vikimaʼlumotlarga hissa qoʻshuvchilar uchun hissalaringizni kuzatishga ruxsat berish uchun boshqaruv paneliga kiring. Targʻibot boshqaruv panelini ochish
Tanlov qoidalari
Suratlar Vikipediya maqolalariga 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha qoʻshilishi shart. |
Foydalanish mumkin boʻlgan fayllar soni cheklanmagan. Biroq, mukofotlarning turli toifalari mavjud (quyida koʻring). Shuningdek, Vikipediya maqolalarini keraksiz suratlar qoʻshib buzib koʻrsatmang. Faqat tasvirsiz maqolalarga surat qoʻshing. |
Tasvir bepul foydalanish litsenziyasi asosida yoki jamoat mulki sifatida nashr etilishi kerak. Mumkin boʻlgan litsenziyalar CC-BY-SA, CC-BY va CC0. |
Ishtirokchilar har qanday Vikimedia loyihasida roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi boʻlishi kerak. Vikipediyaga kiring yoki yangi hisob yarating. Siz istalgan tildagi Vikipediyada, oʻz Vikipediya va barcha Vikimedia loyihalarida foydalanish uchun hisob yaratishingiz mumkin. Vikipediyaning barcha tillari roʻyxati bilan bu yerda tanishish mumkin. |
Odatda yomon yoki juda past sifatli fotosuratlar qabul qilinmaydi.
|
Ishtirokchilar tasvirlar bilan yaxshilangan barcha maqolalarning tahrir izohiga #WPWP heshtegini hamda ifodalovchi tahrir izohini kiritishlari shart. Masalan, |
#WPWPda qanday ishtirok etishni xohlaysiz?
Ushbu boʻlim sizning WPWPdagi ishtirok darajangizga mos tarzda tuzilgan. Ishtirok etish usullarini oʻrganish uchun quyidagi tugmachalarni bosing.
Kampaniyaning oʻtkazilish muddati
- Boshlanish sanasi: 2025-yil 1-iyul
- Tugash sanasi: 2025-yil 31-avgust
- Natijalar eʼloni: 2025-yil 10-oktyabr
Xalqaro mukofot toifalari
- Eng faol qatnashgan mamlakat – hajmi yoki hissasi boʻyicha eng faol mamlakat jamoasiga beriladigan mukofot.; Wikimedia Nigeria UserGroup
- Eng yaxshi tashkillovchi jamoa: muvofiqlashtirish, targ‘ibot va tadbirlarni ajoyib tarzda amalga oshirgan mahalliy jamoa uchun.; PhilWiki Community
- Kam oʻrganilgan til qahramoni: Ozchilik tillardagi Vikipediyalarga yuqori ahamiyatga ega, yaxshi sarlavhali va yuqori aniqlikdagi tasvirlarni qoʻshgan foydalanuvchi uchun beriladigan unvon.; Derk29
- Vikimaʼlumotlarga eng yaxshi hissa qoʻshuvchi: Vikimaʼlumotlarga juda dolzarb, yaxshi sarlavhali, yuqori aniqlikdagi rasmlarni qoʻshgan foydalanuvchi uchun
- Vikipediyaga eng yaxshi hissa qoʻshuvchi: Vikipediyaga juda dolzarb, yaxshi izohli, yuqori aniqlikdagi rasmlarni kiritgan foydalanuvchi uchun; Nikolina Šepić
- Vikipediyaga eng yaxshi hissa qoʻshuvchi: Vikipediyaga juda dolzarb, yaxshi izohli, yuqori aniqlikdagi audiolarni kiritgan foydalanuvchi uchun; Sumita Roy Dutta
- Vikipediyaga eng yaxshi hissa qoʻshuvchi: Vikipediyaga juda dolzarb, yaxshi izohli, yuqori aniqlikdagi videolarni kiritgan foydalanuvchi uchun; Goutam1962
Eng yaxshi yangi foydalanuvchi (2025-yil iyul oyida yaratilgan tahrirchi hisobi): Vikipediya yoki Vikimaʼlumotlarga juda dolzarb, yaxshi izohli, yuqori aniqlikdagi rasmlarni kiritgan foydalanuvchi uchunInvalid category: New editors were not eligible- Maxsus eʼtirof: 2020-yildan beri ushbu kampaniyaning bir qismi sifatida Vikipediyaga juda dolzarb, yaxshi sarlavhali, yuqori aniqlikdagi rasmlarni kiritgan foydalanuvchi uchun; Goutam1962
- Ayollar va LGBT+ hissadorlari uchun maxsus mukofot: Ayollar va LGBT+ mavzulariga oid maqolalarga yuqori sifatli, aniq tavsifli va yuqori oʻlchamli tasvirlar qoʻshgan foydalanuvchiga beriladigan mukofot.; Goutam1962. Ushbu turkum uchun tahrir izohingizga #WLGBT tegini qo‘shing. #WLGBT tegi bilan belgilanmagan hissalar inobatga olinmaydi.