Interfeys administratorlari

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Interface administrators and the translation is 100% complete.
Shortcuts:
IA,
Interfaceadmin,
INTADMIN

Interfeys administratorlari sayt boʻylab CSS va JS sahifalarni (masalan, MediaWiki:Common.js, MediaWiki:Vector.css, xom HTML sifatida talqin qilinadigan interfeys xabarlari yoki Special:Gadgets roʻyxatidagi gadjet sahifalari) va boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy CSS/JS sahifalari. JS va CSS sahifalari wiki muharrirlari va oʻquvchilarining brauzeri tomonidan kod sifatida bajariladi, undan kontent uslubini oʻzgartirish, sahifalar harakatini oʻzgartirish yoki hatto wikEd kabi juda murakkab vositalarni yaratish uchun foydalanish mumkin.

Boshqa foydalanuvchilarning brauzerlarida bajariladigan CSS/JS-ni tahrirlash vandal foydalanuvchi qoʻlida xavfli. Interfeys administratolari ishonchli, hech boʻlmaganda CSS va JS haqida tushunchaga ega, Wikimedia vikilarining maxfiylik talablaridan xabardor va hisob xavfsizligini yaxshi tushunadigan (kuchli noyob parollarni tanlash) foydalanuvchilardan boʻlishi kerak. Faol boʻlmagan foydalanuvchilarning interfeys administrator huquqlarini olib tashlash tavsiya etiladi. Kichik vikilar, shuningdek, JavaScriptni oʻqiy oladigan kamida ikki kishiga ega ekanligiga ishonch hosil qilishni xohlashlari mumkin, shunda ular bir-birlarining tahrirlarini tekshirishlari mumkin (biroz tekshiruvchilar kabi).

Interfeys administratorlari, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy JSON sahifalarini va MediaWiki nom maydonidagi barcha sahifalarni tahrirlashi mumkin. Bu imkoniyatlar boshqa foydalanuvchi guruhlari bilan baham koʻriladi.

Soʻrovlar

  • Joriy interfeys administratorlari roʻyxatinini sahifasiga oʻtish orqali koʻrishingiz mumkin.
  • Agar vikida byurokratlar boʻlmasa, interfeys administratori statusi uchun soʻrovlar tegishli soʻrov sahifasi orqali amalga oshirilishi kerak.
  • Agar vikida interfeys administratorlari boʻlmasa, CSS/JS sahifasini tahrirlash kabi interfeys administratori „yordamiga“ soʻrovlar ushbu sahifada amalga oshirilishi kerak.

Yana qarang