User talk:Khudaykulovna

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki

/* Aydar- Arnasoy ko'llar tizimi haqida umumiy ma'lumotlar. */ new section[edit]

Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan bo’lib, u 1969 yil Chordara suv omboridan Arnasoy past tekisligiga 22 km3 suvning olib tashlanishi, hamda qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish natijasida hosil bo’lgan yer osti suvlarining kollektor-drenaj tizimi yordamida haydash orqali hosil bo’lgan oqova suvlar hisobiga paydo bo’lgan suv havzasidir. 1993 yildan Chordaradan suv chiqarish yana kuchaygach, suv sathi 8,7 metrga ko’tarildi. Bugun Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi (AAKT) O’zbekiston Respublikasining yangi, eng yirik ko’l tizimlaridan hisoblanadi va Aydarko’l, Tuzkon hamda Yuqori Arnasoy ko’llarini o’ziga birlashtiradi. 2003 yilning yoziga kelib ko’l tizimining umumiy maydoni 3491 km.ga, suv o’tkazish hajmi yiliga o’rtacha 3,0 km. ga yetdi. Natijada Jizzax va Navoiy viloyatida 180 ming gektar yerni (2004) suv bosdi. Yaylovlar, o’tloqlar, urug’lantirish punktlari, quduqlar, o’nlab kilometr yo’l, elektr uzatish liniyalari, gaz quvurlari va boshqa kommunikatsiya tizimlari suv ostida qoldi. AAKT Sirdaryoning chap qirg’og’ida joylashgan bo’lib Shimoliy-G’arb tomondan, Qizilqum cho’li bilan, Sharq tomondan Mirzacho’l bilan, Janub tomondan esa Nurota tog’ tizmalari bilan chegaralangan Morfologik jihatdan AAKT quyidagi uchta tarkibiy qismlarga bo’linadi: 1. Sharqiy hudud - Arnasoy 2. Janubiy hudud- Tuzkon 3. Garbiy hudud- Aydarko’l Arnasoy pasttekisligi mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan bo’lib, cho’l va chalacho’l hududlaridan iborat. Yozi quruq, uzun va issiq. Qishi esa qisqa, nam va o’ta sovuq. Iqlimning o’ziga xosligi uning geografik joylashuvi bilan, ya’ni Shimoliy Sharqiy tomoni ochiqligi, hamda G’arbiy tomondan Nurota tog’ tizmalari bilan chegaralanganligidadir. Eng yuqori havo harorati iyul-avgust oylarida 28-30 °C, eng past harorat esa 3.6 °C dekabr yanvar oylarida kuzatiladi. Qish oylarida yer qatlami 22-40 sm chuqurlikkacha muzlaydi. Arnasoy pasttekisligi iqlimning quruq bo’lishi bu yerda yog’ingarchilik miqdorining kam bo’lishiga sabab bo’ladi.Yillik namgarchilik miqdori 240-390 mm ni tashkil etadi. Yillik namgarchilikning aksariyat qismi, ya’ni 80-90 % iyulning sovuq oylarida yog’ishi kuzatiladi. Bahor oylarida sel va ayniqsa yashinning ko’p bo’lishi bu joyning o’ziga xosligi jihatlaridan biridir. Arnasoy pasttekisligi uchun Shimoliy-g’arbiy yo’nalishidagi 42 % shamollar xarakterlidir. Yozda shamol 2-3 m/sek, 50 %, 0,1 m/sek 30% va 4-5 m/sek 20 % tezlikda esadi. Eng kuchli shamollar G’arbiy - janubiy yo’nalishda bo’lib, ular 20-30 m/sek. To’yinishi. Arnasoy sistemasiga 6 ta oqova kollektorning suvlari bevosita kelib quyiladi. Shulardan Qizilqum, markaziy va Kugayli kollektorlari suvini Arnasoyga, Oqbuloq kollektori va Qli daryosi suvini Tuzkonga quyadi. O’rta Osiyo gidrometeorologik ilmiy tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko’ra, oqova suvlarining 4 yil mobaynida (1991-94 yillar) 10-11 m dan 1292 m gacha ortishi kuzatilgan. Bugungi kunda esa AAKT asosan suv ombori hisobiga, Shuningdek Mirzacho’lning oqova suvlari hisobiga to’yinadi. Sath rejimi. Aydarko’lning sath rejimida mavsumiylik kuzatiladi. Bu mavsumiylik ayniqsa oqova suvlarning sug’orish ishlaridan so’ng ortib ketish vaqtida kuzatiladi. O’rta Osiyo gidrometeriologik instituti ma’lumotlariga qaraganda, suvning eng baland sathi mart-aprel, eng past sathi esa noyabr-dekabr oylariga to’g’ri keladi. Chunki bu davrlarda suv bug’lanish jarayoni jadal amalga oshadi. Suv sathining pasayishi natijasida ko’l maydonida ham ma’lum bir o’zgarishlar, ya’ni sayoz ko’lchalarning hosil bo’lishi, o’simliklar, ayniqsa butalarning o’sib ketishi va mineralizasiya darjasining ortib ketishiga sabab bo’ladi. Gidrologik ko’rsatkichlari. Aydarko’l tarkibidagi uchta hududning to’yinish xususiyati, chuqurligi bir-biridan farq qilganligi uchun, ularning suvi tiniqlik darajasi ham turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi. Mazkur suv havzasining hududiy bo’linishi morfologik jihatdan uning gidrologiyasiga mos keladi. Arnasoydan maksimal tiniqlik darajasi markaziy qismlarda 1-1,5 m ni tashkil etsa, Tuzkonda o’rtacha chuqurlikdagi suvning tiniqlik darajasi 1-2,5 m ni tashkil etadi. Aydarko’lda suvning maksimal tiniqlik darajasi 2,5-6 m ni tashkil etadi. Kuzatishlardan ma’lum bo’ldiki, Aydarko’lda suvning tiniqlik darajasi ayniqsa yoz oylarida yuqori, bahor va kuz oylarida past bo’lishi aniqlangan. Termik rejimi. Aydarko’lning yillik termik rejimi bahorgi va yozgi ilish, kuzgi va qishgi sovish davrlariga bo’linadi. Suvning maksimal isish darajasi iyul oyida suv harorati 29 ºC bo’lganda kuzatiladi. Gidrokimyosi. Aydarko’l suvlarining tarkibida sulfat va natriy ionlarining miqdori jihatdan ko’pligi, uning sho’r tanga ega ekanligini belgilaydi. Suv rangi yashil-ko’kimtir. Suvning sho’rlanish darajasi 3,2-12,2 g/l gacha o’zgaradi. Eng yuqori sho’rlanish darajasi bahor oylariga to’g’ri keladi. Asta-sekinlik bilan mazkur suv havzasi suvning tarkibida tuz ionlari miqdori ortib bormoqda. Bugungi kunda Aydarko’lning turli hududlarida suvdagi tuz miqdori 4-16,5 g/l gacha, o’rtacha 10,2 g/l ni tashkil etadi. Aydarko’l suvining ion tarkibi okean suvi tarkibiga yaqin turadi. O’rta Osiyo gidrometirialogiya ilmiy- tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko’ra 1990 yil 2005 yilda suvning sho’rlanish darajasi sharqiy hududda 17 g/l bugungi kunda 12,2, g/l, g’arbiy hududda 22 g/l bugungi kunda 14,5 g /l gacha yetishi aniqlangan. Suvning pH ko’rsatkichi Aydarko’lda 8,6 ga, Tuzkonda 8,8 ga, Arnasoyda 8,9 ga teng. Bu ko’rsatkichlar Aydarko’l suvi kuchi ishqoriy muhitga ega ekanligidan dalolat beradi. Sirdaryoning chap qirg’og’ida, Chordara suv omborining janubiy-g’arbiy tomonida Arnasoy ko’llari joylashgan. Bu ko’llar tizmasining umumiy maydoni 180 ming gektar, shundan Tuzkon 36 ming, Aydar 140 ming, Arnasoy 6 ming gektar maydonni egallaydi. Bu ko’llar oqava suvlar va Chordara suv omboridan tushgan suvlar bilan to’lib turadi. Tuzkon ko’li avvallari aloxida berk, biror-bir suv havza bilan bog’lanmagan, suvning sho’rligi 90 g/l ga yetgan. 1969 yili Tuzkon ko’li tor va suv oqar yo’li orqali Aydar ko’li bilan bog’lanadi. Shundan keyin Tuzkonni maydoni 413 km2 ni, uzunligi 34 km, suvning xajmi 1,07 km3, o’rtacha tiniqligi ko’l chetlarida 0,6 m ko’lni o’rtasida 2,5 m ga yetadi. Yoz faslida suvning xarorati 30 °C dan ortiq, qish faslida suvning yuzi muzlaydi. Arnasoy ko’llar tizimida suvning chuqurligi 2-3 m, ayrim joylarda 8 m gacha yetadi. Ko’lning atrofii qalin qamish va tuqayzorlar bilan o’ralgan. Suvga botib o’suvchi o’simliklarga gichchak turlari va miriofillium turi, suvo’tlardan xaralar aralashmasi suv osti o’tloqzorlarini hosil qiladi. Ko’l chetlariga yaqin joylarda suvning yuzasida salviniyalarni qalqib turishini va yaxshi rivojlanayotganligini ko’rish mumkin. Aydarko’li ko’li Aydar-Arnasoy ko’llar tizimiga kiruvchi ko’l bo’lib, bir qismi Navoyi viloyati territoriyasida joylashgan. Bu ko’llar tizimi 1969 yili Chardora suv omboridan katta miqdordagi suvning Arnasoy pastligiga quyilishi natijasida hosil bo’lgan. Hozirgi vaqtda Qozog’iston respublikasi hududidagi Chardora suv omboridan ko’p miqdorda suv kelishi natijasida bu ko’llar tizimining maydoni yanada yildanyilga kengayib bormoqda. Ayni vaqtda uning uzunligi 200 km oshib ketgan, maydoni 3200 km2 dan oshiq. Aydarko’l ko’lining suv xajmi 15727 mln. m3, maksimal chuqurligi-22 m, o’rtacha chuqurligi 7-9 m, suv tiniqligi 2,6-6,0 m, mineralizatsiyasi 14-18 g/l, suvdagi erigan kislorod miqdori suv yuzasida 110,9 %, suv ostki qismida 29,3 - 91,6 % ga, ko’l suvining pH ko’rsatkichi 8,2 ga teng. Bugungi kunda Aydarko’lning turli hududlarida suvdagi tuz miqdori 4-16,5 g/l gacha, o’rtacha 10,2 g/l ni tashkil etadi. Suvning sho’rlanish darajasi 3,2-12,2 g/l gacha o’zgaradi. Eng yuqori sho’rlanish darajasi bahor oylariga to’g’ri keladi. Astasekinlik bilan mazkur suv havzasi suvning tarkibida tuz ionlari miqdori ortib bormoqda. Aydarko’l ko’l suvi umumiy mineralizatsiyasi klassifikatsiyasiga muvofiq natriy-sulfatli suv tipigi mansubdir. Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining ixtiofaunasining shakllanishini asosiy manbalari Sirdaryo havzalari tashlik qiladi, kollektorlar ko’llarga bog’lanishi ham ahamiyatga ega. Kiyinchalik ko’llarda tovar xo’jaliklarni tashkil qilish bilan, o’simliklar bilan oziqlanadigan baliqlar karp va kumushtovon baliqlari bilan ko’paytirilgan. Hozirgi vaqtda Aydar-Arnasoy ko’l sistemasi ixtiofaunasining 7 oilaga mansub 21 turlari baliq uchraydi. Zooplankton biomassasi-1,83 g/m3, zoobentos biomassasi 0,41 g/m2. Shundan 16 turi ovlanish ahamiyatiga ega bo’lgan baliqlardir. Shulardan 5-6 turi asosiy ov vaqtida kuzatiladi, qolgan ayrim turlar juda kam uchraydi. Baliqchilik - yetti xazinaning biri, degan gap hech hech qachon eskirmasa kerak. Bu ayniqsa, hududimiz dunyo dengiz, okeanlariga tutashmagan bizning mamlakatimiz uchun juda dolzarb masala. Chunki insonning sog’lom yashashida luqmai halolning alohida o’rni bor.Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko’ra, har bir odam yiliga eng kami 15,6 kilogrammdan baliq go’shti iste’mol qilishi zarur ekan.Bu me’yor dengizning qirg’og’ida yashayotganlarga ham, sahro ahliga ham birdek daxldor. Bizning dasturxonimizdagi baliq bu me’yorga etmasligi ham barchaga ma’lum. Shu bois davlatimiz tomonidan baliqchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birgina keyingi yillarda Prezidentimiz, respublikamiz hukumati baliqchilikni rivojlantirish, baliq mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish, suv havzalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha bitta emas, bir necha qarorlar qabul qilingani ham bu sohada amalga oshirilgan ishlarga qaraganda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar ko’proq ekanligini ko’rsatib turibdi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 martdagi “Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir tashkiliy choratadbirlar to’g’risida”gi 124-sonli qarori va 22.04.2019 yildagi 347-son qarori bilan Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Hujjat aholining baliq mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va o’simlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida qabul qilindi. Buning uchun quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilandi: • hududda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan biologik resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash; • Tizimning biologik xilma-xilligini saqlash hamda suv havzalarida etishtirilishi mumkin bo’lgan yangi baliq turlarini baliqchilik sanoatiga kiritish; • hududga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda baliqchilik klasterlarini tashkil etish orqali baliq etishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va eksport qilishni jadal rivojlantirish; • Ko’llar tizimini mamlakatimizdagi baliq chavoqlarini yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylantirish; • havaskor va sport baliq ovi turizmini, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sayyohlarga ko’rsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish. O’zbekistonning tabiiy sharoiti, iqlimi baliqchilikni rivojlantirish uchun juda mos. Aydar-Arnasoy ko’llari tizimi yurtimizning eng noyob tabiiy suv havzalaridan biri. Mamlakatimizda tabiatni, tabiat boyliklarini saqlash to’g’risidagi qonunlar asosida ko’llar tizimining fauna va florasini ilmiy asosda o’rganish va asrash, undan xalqimiz farovonligi yo’lida foydalanishda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi Qozog’istonning “Chordara” suv ombori va mahalliy kollektor hamda drenajlarning oqova suvlaridan to’yinadi. Yillar davomida ko’lga toza suv kirmaganligi sababli sho’rlanish darajasi yuqorilashib, baliqlarning tabiiy ko’payishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi va uning atrof-muxitga ko’rsatayotgan ta’siri eng aktual muammolardan biri bo’lganligi sababli, Aydar-Arnasoy ko’llar tizimi va uning qirg’oq mintaqalarini ilmiy asoslangan holda o’rganib chiqish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti va Jizzax politexnika instituti “Aydar-Arnasoy ko’llar tizimining shakllanishi, dinamikasi va atrof-muhitga ta’sirini tadqiq qilish, suvning sho’rligining ortishi va kamayishi, suv tarkibidan og’ir metall ionlarini aniqlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy tadqiqot doirasida kompleks ravishda o’rganib chiqilmoqda. Hozirgacha olib borilgan tadqiqotlar landshaft komponentlarining bittasi (suv, o’simlik va boshqalar) yoki ba’zi tabiiy jarayonlar (qirg’oq yemirilishi,sho’rlanish, suv sho’rligi va boshqalar) bilan chegaralangan.