Jump to content

Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Wikimedians of the Uzbek Language User Group and the translation is 100% complete.
Bosh sahifaAʼzolarLoyihalarTadbirlarHisobotlarAloqa
Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi
250px
Oʻzbekiston
Joylashuv Oʻzbekiston
Mamlakat kodiUZ
Tashkil etilgan sana2020
Tasdiqlangan sana4 dekabr 2020
Bosh ofisiToshkent
Aʼzolik48
Rasmiy til(lar)Oʻzbek tili
Asosiy shaxslar
ByudjetGrantlarga tayanadi
Vebsaytuz.wikimedia.org
Telegram@uzbekwikipedia & @uzwikichat
Twitter@uzwiki
Facebook@uzbekwikipedia
Youtube@uzwiki

Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi (English: Wikimedians of the Uzbek Language User Group) mintaqaviy foydalanuvchi guruh boʻlib, oʻzbek tilida soʻzlashuvchi barcha vikimediachilar uchun ochiq. Turkiy tillardan biri sanalgan oʻzbek tilida asosan Oʻzbekistonda, shuningdek, boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarda soʻzlashiladi. Mintaqaviy foydalanuvchi guruh markaziy osiyolik va boshqa mahalliy vikimediachilarni bir-birlari bilan tanishib, mintaqada hamkorlikda tadbirlar uyushtirishlariga zamin yaratishni koʻzlaydi.

Maqsadi

  • Guruh faoliyati bilan bogʻliq muhokamalar va marafonlar oʻtkazilishiga doir Vikimedia bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish orqali oʻzbek tilida oʻtkaziladigan Vikimedia loyihalarini koʻpaytirish
  • Marafonlar uyushtirish va oʻzbek tilidagi ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish orqali oʻzbek tilidagi Vikimedia loyihalari haqida jamoatchilikka maʼlumot berish
  • Markaziy Osiyo mintaqasidagi Vikimedia loyihalarini targʻib qilish maqsadida boshqa Vikimedia jamoalari, shuningdek, boshqa shaxslar va guruhlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

Faoliyati

Foydalanuvchilar guruhi aʼzolari quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻyganlar:

  • Muntazam uchrashuvlar (xususan, har oyning 17-da onlayn uchrashuvlar);
  • Vorkshoplar;
  • Tahrir marafonlari;
  • Tanlovlar;
  • Ijtimoiy tarmoqlarda muntazam postlar;

Tarixi

2018-yil Oʻzbekiston vikimediachilari hamjamiyati yopilganidan keyin, Nataev boshchiligidagi foydalanuvchilar oʻzbek tilida soʻzlashuvchi foydalanuvchilar guruhini tuzish masalasini muhokamadan oʻtkazdi. Eski guruh Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi vikimediachilarga qaratilganligi va qisqa umri mobaynida, umuman olganda, faol faoliyat olib borolmagan edi.

Yangi guruhning esa qamrovi ancha kengroq boʻlib, bir necha oʻn yillik tajribaga ega fidokor vikimediachilarni oʻzida jamlagan. Guruhning ilk uchrashuvi 2020-yilning 17-mayida Zoom orqali oʻtkazildi. 2020-yilning 17-sentyabrida yana bir yigʻin uyushtrildi. Oradan uch kun oʻtib, yaʼni 2020-yilning 20-sentyabrida Nataev guruh filial oʻlaroq tan olinishini soʻrab, aʼzolar nomidan Vikimedia jamgʻarmasining Affiliatsiyalar qoʻmitasiga murojaat qildi. Guruh 2020-yilning 4-dekabrida Affiliatsiyalar qoʻmitasi tomonidan rasman tan olindi.

Bugunga qadar guruh bir necha loyihani amalga oshirib kelyapti. Xususan, 2022-yildan buyon Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda WikiStipendiya marafoni oʻtkazilmoqda. Koʻp yillik tashabbus oʻzbekcha Vikipediyani tubdan oʻzgartirib, fidokor vikimediachilarning yangi avlodini kashf etilishiga yoʻl ochib berdi.



Wikimedians of the Uzbek Language User Group