Harakat Nizomi/Jamoaviy Konsultatsiya/Xulosa

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Movement Charter/Community Consultation/Summary and the translation is 100% complete.
Harakat Nizomini Tuzish Qoʻmitasi aʼzosi tomonidan taqdim etilgan „Harakat Nizomi haqida savol-javob“ sessiyasining kirish qismi (12-noyabr, 2022-yil).

Ushbu sahifa Harakat Nizomini Ishlab chiqish qoʻmitasi konsultatsiyasining qisqacha mazmunini oʻz ichiga oladi. Xulosalar Wikimedia fondining Harakat strategiyasi va Boshqaruvi guruhi aʼzolari tomonidan tuzilgan hamda Harakat Nizomini ishlab chiqish qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, oshkoralikni taʼminlash maqsadida maslahatlashuvlar boʻyicha toʻliq va batafsil fikr-mulohazalar, xulosalar hamma bilan baham koʻriladi.

Tasdiqlash metodologiyasi jamoatchilik tekshiruvi, aprel, 2023

Konsultatsiya noyabr – dekabr, 2022

Harakat Nizomining uchta loyihasi boʻyicha umumiy taassurotlarning qisqacha xulosasi quyidagicha: Muqaddima, Ahamiyati & Tamoyillari va Vazifa & Masʼuliyatlari. Harakat strategiyasi va boshqaruv guruhi tomonidan oʻtkazilgan tahlilga koʻra, faqat eng koʻp takrorlanadigan va paydo boʻlayotgan fikrlarga katta ahamiyat beriladi.

Umumiy

Main article: Umumiy fikr-mulohaza

Oʻqishga qulaylik va aniqlik:

  • Ba'zi qismlar aniq va ravonligi uchun tahsinga sazovor bo'lgan bo'lsa-da, ayniqsa tarjimaga ancha qulay bo'lishi uchun til umuman soddalashtirishga muhtoj. Saralangan ma'lum bir fikrlar:
    • Akronimlardan (qisqartma) qoching
    • Uzun gaplardan qoching
    • Noaniq atamalar va iboralardan qoching
  • Shu munosabat bilan, baʼzi bir noaniq atamalarni belgilaydigan lugʻat qoʻshish boʻyicha umumiy talab mavjud edi. Taʼriflar koʻpincha quyidagilar uchun soʻralgan.
    • „Wikimedia harakati“
    • „Manfaatdor tomonlar“
    • „Mohiyati“
    • „Biz/bizga/bizning“ olmoshlari
  • Matnning aksariyati mavhum boʻlganligi sababli, oʻqirmanlarga Vikimedia bilan bogʻliq amaliy holatlarda Nizom nimani anglatishini batafsil tushuntirish uchun aniqroq misollar kerak (masalan, bu Vikipediyadagi maʼlum bir tilga qanday taʼsir qiladi).
  • Umuman olganda matn Harakat Nizomi tasvirlaydigan yangi tuzilmalarning vizual tasvirini oʻz ichiga olishi kutilmoqda.

Tarkibi:

  • Harakat Nizomini qabul qilmaslik yoki unga boʻysunmaslik oqibatlari (masalan, filial yoki jamoa uchun) va bu majburiy boʻladimi yoki yoʻqmi kabi tez-tez uchraydigan savollar. Bu koʻpincha Muqaddima qismiga tegishli deb hisoblanadi.
  • Harakat Nizomi matnida 2030-yilgi Harakat strategiyasini keltirib oʻtish yoki keltirmaslik bilan bogʻliq ikkilanish mavjud (asosan muqaddimada).
    • Koʻpgina sharhlovchilar Harakat Strategiyasi – 2030 ning Nizomda aniq qayd etilmaganidan ajablanishadi va ehtimol ular buni kutishmagandir.
    • Baʼzi tashkiliy jamoalar Harakatlar Strategiyasi – 2030 ni umuman rad etishadi va shu sababdan undagi har qanday maʼlumotni qabul qilisha olmaydi.
    • Ayrim yangi jamoalar esa Harakatlar Strategiyasi – 2030 ning oʻzi nimani anglatishini, uning Nizomga qanday aloqasi borligini ham bilishmaydi.

Muqaddima

Main article: Muqaddima mulohazasi
  • Boʻlimda yetishmayotgan narsa – aniqroq yoʻnaltirish va qisqacha tushuntirish:
    • „Harakat Nizomi“ nima?
    • Harakat Nizomi nima uchun kerak?
    • Harakat Nizomi loyihasini kim ishlab chiqadi va u aynan kimlar uchun?

1-band: Harakat Nizomi “jamoaviy kelishuv” o‘rniga “majburiy kelishuv” sifatida ta’riflanishi yoki tavsiflanishi kerakligi haqidagi taxminlar takrorlanadi.

2-band:

  • Nima uchun „texnik kamchiliklar“ alohida ajratilganligi biroz chalkash (izohda: „barcha aʼzolar, tashkilotlar va texnik joylar uchun amal qiladi“) va bu boshqa turdagi boʻshliqlarni qasddan istisno qiladimi yoki yoʻqmi, bu ham nomaʼlum.

3-band:

  • Ushbu band boʻyicha bir nechta takliflar mavjud: „Loyihalar asosan oʻzini oʻzi boshqaradi“, shu jumladan uni oʻzgarishsiz qoldirish, qonunchilikning oʻzgartirishlarini qabul qilish yoki taklif qilingan turli xil oʻzgartirishlarni qoʻllash. Ushbu band, shuningdek, oʻzini oʻzi boshqarishning koʻlami va turi, shuningdek, Wikimedia jamgʻarmasi loyihalarga qachon va qay tartibda aralashishi mumkinligi haqidagi muhim bahs mavzusi hamdir.
  • “Kontent yaratish va boshqarish boʻyicha” bandida jamgʻarmaning tarkibga nisbatan qanday masʼuliyat borligini va qachon (masalan, huquqiy holatlar), shuningdek, ularning qaysi biri faqat jamoa tomonidan tartibga solinishini batafsilroq ifodalashni taklif qiladi.
  • “Maʼlumotlar ombori” atamasi, ayniqsa tarjimada ancha chalkashliklarni keltirib chiqardi. Shu sabab ayrimlar uni „wikilar“ bilan almashtirishni taklif qilishdi.

4-band:

  • „Infratuzilma“ atamasini kengroq taʼriflash joiz. Ehtimol unga taalluqli barcha jumlalarni oʻzgartirish kerakdir. Chunki bu butun bandni oʻquvchilar uchun murakkablashtirayotganga oʻxshaydi. Toʻrtinchi bandda, umuman olganda, koʻplab chalkashliklar mavjud.

Ahamiyati va Tamoyillari

Yetishmayotgan tamoyillar:

  • Maxfiylik (ayrim hollarda bexatarlik va/yoki xavfsizlik bilan ayni) eng koʻp tilga olinadigan, ammo yetishmayotgan tamoyildir. Bu, ayniqsa, anonimlikni hamda foydalanuvchilarning xavfsizligini himoya qilish nuqtai nazaridan ishlatiladi.
  • Shaffoflik xulosalarga koʻra „Masʼuliyatlilik“dan mustaqil boʻlgan alohida tamoyil sifatida qabul qilingan.
  • Mumkin boʻlgan qoʻshimcha tamoyillar uchun yana oʻnlab takliflar mavjud.

Kirish:

  • Dastlabki jumlada „faktlarga asoslangan“ atamasini „manba/dalilga asoslangan“ bilan almashtirish koʻp bora soʻralgan, chunki „faktlar“ni obyektiv ravishda aniqlash mumkin emas.

Bepul bilim va Ochiq manba

  • Tegishli hollarda ochiq kodli dasturiy taʼminotga potentsial majburiyat, uning qayerda talab qilinishi va bu Wikimedia kontekstida qanday qoʻllanilishi haqida koʻproq aniqlik kiritilishi kerak.
  • „Tarixiy jihatdan chetga surib qoʻyilgan bilimlar“ butun loyihadagi eng bahsli takliflardan biri boʻlib koʻrinadi. Janubiy mamlakatlar hamjamiyatlari tomonidan kattaroq/rivojlangan jamoalar buni rad etilganligi eʼtirof etilgan. Bu amalga oshirilishi kerak boʻlgan oʻzgarishlar va/yoki majburiyatlar juda aniq boʻlishi kerak.

Erkinlik:

  • Erkinlik va uning amaliyotda nimani anglatishi haqida bir qancha savollar mavjud.

Inklyuzivlik:

  • Amalda inklyuzivlikni qoʻllash boʻyicha turli sharhlar: masalan, „insonlarga yoʻnaltirilgan qarash“ nimani anglatishi mumkin. „Axloqiy meʼyorlar“ boʻlimi ham biroz norozilik keltirib chiqardi.

Subsidiarlik: „Subsidiarlik“ atamasi universal yoki tarjima qilsa boʻladigan tushunchaga mos kelmaydi. Bu, ehtimol, eng kam tushunilgan printsipdir.

  • „Biz vakolatni eng yaqin yoki mahalliy darajaga ishonib topshiramiz“ jumlasi muhim tafsilotga arzirli boʻlishi mumkin (masalan, mahalliy daraja qachon „mos keladi“?). Bu Nizom loyihalarida eng ko‘p fikr-mulohazalar va savollarga sabab bo‘lgan qismlardan biridir.

Xolislik:

  • „Subsidiarlik“ kabi, „Xolislik“ atamasi ham nafaqat yakka holda, balki tillar orasida ham yetarli darajada yaxshi tarjima qilinmaganga oʻxshaydi. Koʻp fikr-mulohazalar uning amalda qanday qoʻllanilishini ishlab chiqish bilan bogʻliq.

Javobgarlik:

  • Shaffoflikning oʻziga xos printsipi boʻlishi kerakmi degan savolga qoʻshimcha ravishda bir nechta oʻzgartirishlar taklif etiladi.

Irodalilik:

  • Bir qancha tuzatishlar tavsiya etiladi. „Irodalilik“ ning koʻlami yoki maʼnosi nima ekanligi haqida baʼzi savollar mavjud.

Ahamiyati va majburiyatlari

Reja bayonoti:

  • Bayonotning mazmuni haqida fikr-mulohazalarning kamligi sabab kontentning etishmasligidan norozilik mavjud.
  • Ayrim sharhlovchilar, agar kontent hali ham mavjud boʻlmasa, nega ushbu mavzu boʻyicha aniq savollar va fikr-mulohazalarni bildirish soʻralmaganligi haqida savol berishdi.

Ushbu boʻlimdan nimalar kutilyapti:

  • Boʻlim, albatta, kelajakdagi rol va masʼuliyatni belgilashi kutilsa-da, fikr-mulohazalar ehtiyojga yoki „qanday qilib“ har qanday oʻzgarishlarni belgilashga urgʻu beradi.
  • Muayyan boʻlimlar mazmuni haqida turli savollar mavjud, jumladan:
    • Detsentralizatsiya (markazlashmagan sistema) tufayli qancha byurokratizm kelib chiqadi? (Masalan, Umumiy kengash va markazlar kabi koʻproq tuzilmalarni yaratish orqali)
    • Wikimedia jamgʻarmasi tuzilmasi qanchalik oʻzgarishi mumkin?
    • Nizom filiallarning oʻrni va AffCommga qanchalik taʼsir qiladi?
    • Norasmiy uyushgan guruhlar (filiallarga ega boʻlmagan) kiritiladimi?
    • Kam vakilli jamoalar qanday qoʻshiladi?
    • Umumiy kengash va markazlar nimadan iborat boʻladi? Bu ikkala tushuncha Afrika, Janubiy Osiyo va ESEAP kabi mintaqalarda boshqaruvda ishtirok etmaydigan kichik jamoalar uchun deyarli nomaʼlum boʻlib chiqdi.