Jump to content

Foydalanuvchi nomini oʻzgartirish

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Changing username and the translation is 81% complete.
Outdated translations are marked like this.

Wikimedia loyihalari foydalanuvchilari oʻzlari uchun tanlagan nom toshga oʻyilmagan. Har qanday steward yoki global renamer foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirishi mumkin. Siz nomingizni faqatgina oldin yaratilmagan nomga oʻzgartira olasiz. Har qanday global nom oʻzgartiruvchi bilan bogʻlaning va ko'rsatmalarni soʻrang

Foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirish boʻyicha soʻrovni Steward requests/Username change sahifasida qoldirishingiz mumkin.

Nomlarni qanday o'zgartirish kerak

  • Iltimos, ushbu sahifada nom o'zgartirishni so'ramang.
  • Nomingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz yangi hisob yaratmang.

Special:GlobalRenameRequest yoki Steward requests/Foydalanuvchi nomini oʻzgartirish ga soʻrov yuboring.

Bu qanday ishlaydi

Soʻrov boʻyicha steward yoki global renamers foydalanuvchi hisobi sozlamalari va maqolalar tarixini shunday oʻzgartirishi mumkinki, maʼlum bir foydalanuvchining barcha avvalgi tahrirlari yangi nomga tegishli boʻladi. Bu avval ham bir necha marta ixtiyoriy ravishda yoki Inglizcha Vikipediyadagi haqoratli foydalanuvchi nomlari boʻyicha siyosatga koʻra majburan amalga oshirilgan. Hisobni oʻchirish Wikimedia loyihalarida amalga oshirilmaydi, shuning uchun hisobingizga tahrirlar kiritganingizdan soʻng anonim boʻlishni istasangiz, foydalanuvchi nomini oʻzgartirishning oʻzi kifoya

Nom oʻzgartirilganda, avvalgi hisob mavjud boʻlmaydi va foydalanuvchi yangi nom ostida xuddi shu parol bilan tizimga kirishi mumkin. Agar istasa, munozara sahifalaridagi imzolarni qoʻlda oʻzgartirish mumkin.

Bu vazifani bajarmasdan oldin qilingan soʻrovlar tafsilotlari uchun Arxiv1 va Arxiv2 ga qarang.

Yana qarang