Hamjamiyat nizomi/Tarkibi/Qadriyatlar va tamoyillari
This was a historical draft of the Wikimedia Movement Charter. The latest version of the Charter that is up for a global ratification vote from June 25 to July 9, 2024 is available in the main Meta page. We thank the stakeholders of the Wikimedia movement for their feedback and insights in producing this draft. |
Vikimedia hamjamiyati kiritilayotgan maʼlumotlarning fakt bilan tasdiqlanishi, tekshirish imkoni mavjudligi, ochiq va inklyuziv yondashuv asosida faoliyat koʻrsatishi kerakligini qoʻllab-quvvatlaydi. Vikimedia platformalari global auditoriyaga umumiy bilim berish uchun xizmat qiladi va tashkil etilayotgan loyihalar mustaqil tashabbus bilan amalga oshirilishi lozim. Siyosiy va kundalik amaliyotlar Hamjamiyat strategiyasi prinsiplarida, Hamjamiyat nizomida oʻrnatilgan va boshqa mahalliy guruhlarda qoʻllanilganidek, barcha Vikimedialar uchun tenglik prinsipi asosida ishtirok etish imkoniyatini beruvchi qadriyatlar muvozanatiga asoslanadi.
Qadriyatlar va tamoyillar bilim almashuvining ushbu yondashuvi hamkorlikda amalga oshiriladigan harakat ekanligini tan olgan holda, asosiy eʼtiborni quyidagi tamoyillarga qaratadi:
Bepul va barcha uchun ochiq bilim olish hamda tarqatish imkoniyati.
Vikimedia hamjamiyati oʻzining barcha imkoniyatini, barcha dasturiy taʼminotini, platformalarini ochiq litsenziyalash asosida butun dunyo bilan baham koʻradi. Shuningdek, u tarixda chetga surib qoʻyillgan bilimlarni, jumladan, o‘z loyihalari doirasidagi bilimlarni kiritish majburiyatini ham oʻz boʻyniga oladi.
Erkinlik tamoyili.
Vikimedia hamjamiyati erkin va bepul bilim tarqatish missiyasiga xalal berishi mumkin boʻlgan shartlarsiz, shu bilan bir qatorda, hech qanday tarafkashlik qilmasdan mustaqil faoliyat yuritishga intilib keladi. Hamjamiyat tijorat, siyosiy yoki boshqa pul yoki reklama taʼsiri ostida faoliyat yuritmaydi.
Keng qamrovlilik
Vikimedia hamjamiyati barchaning ishtirok etish imkoniyati mavjud boʻlgan keng umumiy maydon vujudga kelishini qadrlaydi va kontent insonlarga oid boʻlgan mafkuralar bilan birgalikda boyitib boriladi. Loyihalar koʻplab tillar uchun taqdim etilgan boʻlib, umumiy dizayn va yordamchi texnologiyalar barcha platformalar uchun mavjud. Hamjamiyat ichidagi faoliyatning asosini xilma-xillik va boshqa guruhlarning huquqlarini hurmat qilish tashkil etadi. Buning uchun harakatda ishtirok etayotgan foydalanuvchilar Umumjahon xulq-atvor kodeksini to‘ldiruvchi oʻzlarining xulq-atvor kodekslarini yaratib, ularga umumiy ravishda amal qiladilar. Shunda har bir inson tenglik prinsipi asosida hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladi.
Subsidiarlik (tartibga solinuvchi)
Vikimedia hamjamiyati tegishli vakolatlarni, platformalarni, shuningdek, tashkiliy boshqaruvni mahalliy foydalanuvchilarga ishonib topshiradi. Shu tariqa hamjamiyat global harakat qadriyatlariga muvofiq harakat qiladigan, jamoalarning qobiliyati orqali oʻzini-oʻzi boshqarish hamda avtonomiyasini taʼminlash imkonini beruvchi tashkilotga aylanadi.
Moliyaviylik
Vikimedia hamjamiyati dunyodagi vaziyatdan kelib chiqib, hamjamiyatlarning duch kelishi mumkin boʻlgan muammolar xilma-xilligini hisobga olgan holda, ularga mavjud imkoniyatlar boʻyicha yordam qoʻlini choʻzib keladi. Hamjamiyat faoliyati uchun Foydalanuvchilar hamda ishtirokchilarning xavfsizligi va u shaxslarga tegishli boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlanishi muhim ahamiyatga ega. Hamjamiyat shaxslarning hissalari orqali toʻplanayotgan bilimlarning tengligini taʼminlash, yagona markazga ega boʻlmagan boshqaruv va jamoatchilik imkoniyatlarini kengaytirish orqali resurslarnining taqsimlanishini taʼminlash maqsadida doimiy choralar koʻrib keladi.
Maʼsullik
Vikimedia hamjamiyati tahrirlash imkoniyati mavjud boʻlgan maqolalarning umumiy shaffofligi, agar iloji boʻlsa, amalga oshirilayotgan dasturlar va tadbirlar jamoatchilikka eʼlon qilib borilishi va hisobot berish hamda nizomda belgilangan rol va masʼuliyatlar boʻyicha hamjamiyat yuqori doirasini koʻrsatib beruvchi ovozlarning ustuvorligini taʼminlanishiga javobgar boʻladi.
Chidamlilik
Vikimedia hamjamiyati innovatsiya va oshib boruvchi tajribalar orqali rivojlanib, erkin bilimlar platformasi qanday koʻrinishda boʻlishi borasidagi tasavvurni doimiy ravishda yangilab boradi. Hamjamiyat iloji boricha, mazmunli oʻlchomga asoslangan dalillar orqali qoʻllab-quvvatlanishi, boshqarilishi mumkin boʻlgan samarali strategiyalar va amaliyotlarning hayotga tatbiq etilishiga intilib keladi. Shuningdek, Wikimedia hamjamiyatida faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar, uning tuzilmalari va mahalliy hamjamiyatlar barqaror davom etuvchi madaniyat oʻrnatilishini targʻib qilib keladi.