Jump to content

2015-yil strategiyasi/Aʼzolar qurultoyi

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
This page is a translated version of the page Strategy/Wikimedia Foundation/2015/Community consultation and the translation is 89% complete.
Outdated translations are marked like this.
Strategy consultation report

Wikimedia fondi (WMF) - notijorat jamiyat boʻlib, u yirik viki-loyihalarni, shu jumladan Wikipediyani dastaklaydi. Minglab xolis koʻngillilar, muallif va mushtariylar bilan hamkorlikda oʻz loyihalarimizni dunyo boʻylab keng doiradagi foydalanaluvchilar uchun mos keluvchi turli tildagi bepul taʼlim resurslarini taklif etmoqdamiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhimdir. Biz WMF strategiyasi ustida ishlamoqdamiz va sizning fikringiz yorugʻ kelajakimizga toʻgʻri borishda yordam beradi. Biz siz kabi insonlardan maʼlumot yigʻmoqdamiz. Sizning tajribangiz va qarashlaringiz oʻz holatimizga keng doirada qarashga va bizning umumiy maqsadimizga yetishishga yordam beradi. Biz sizning takliflaringizni diqqat bilan oʻrganamiz va ular asosida oʻz strategiyamizni ishlab chiqib, aʼzolarga qurultoy uchun havola etamiz.

Agar sizga yanada koʻproq maʼlumot kerak boʻlsa, iltimos, Umumiy maʼlumotlar havolasini koʻrib chiqing.

Qanday yordam berish mumkin?

Iltimos, quyidagi rejani oʻqib chiqing va munozara sahifasida savollarga javob bering.

Reja

Internet muhiti oʻzgarmoqda. Keyingi uch yil ichida quyidagi ikki trend bu oʻzgarishlarga katta hissa qoʻshishi kutilmoqda:

  • Dunyo keng surʼatda mobil qurilmalarga oʻtmoqda. Statistik maʼlumotlar koʻrsatishicha, internetga asosan (koʻpincha esa faqat!) mobil qurilmalar orqali kirilmoqda. Bizning saytimiz bunga toʻliq tayyor boʻlmogʻi lozim.
  • Internet foydalanuvchilari yana bir milliardga koʻpayadi (Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikaning yirik aholisini hisoblagan holda). Ushbu foydalanuvchilar Vikimedia loyihalari haqida hech narsa, yoki deyarli hech narsa bilmasliklari va loyihada ishtirok etish uchun boshqa yoʻnalishda boʻlishlari mumkin.

Savollar

  1. Mobil qurilmalar va qoʻshimcha bir milliard foydalanuvchilardan tashqari yana qanday yirik trend boʻlishini kutmoqdasiz?
  2. Kelajakdagi tendentsiyalarga asoslangan holda, sizningcha, Wikimedia fondi qanday qilib rivojlanishi mumkin?

Oʻz fikringizni bildiring

Quyida joylashgan tugmani bosib, Wikimedia fondining kelajagini belgilab bering. Sizning hissangiz nazardan chetda qolmaydi.

Eʼtibor qiling, izohlar ommaviy tarzda barchaga havola etiladi. Biz bu izohlarni tahlil qilib oʻz rejalarimizda ishlatishimiz mumkin. Izoh qoldirayotib, oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni qoldirmang.