Fundraising 2010/Appeal/uz

From Meta, a Wikimedia project coordination wiki
Jump to navigation Jump to search

Need help? See the Translation FAQ or Meta:Babylon. All translators should also subscribe to translators-l to be kept up-to-date (and to ask questions).
General Fundraising Translation Guidelines: Fundraising 2010/Translations.

Oʻn yil avval odamlarga Vikipediya haqida aytishni boshlaganimda gʻalati qarashlarga duch kelgandim.

Ayrim ishbilarmonlar koʻngillilar odamzot bilimini yigʻib, uni shunchaki boshqalar bilan ulashishlari haqidaga fikrga gumonsirab yondashgandilar.

Reklamasiz. Daromadsiz. Targʻibotsiz.

Asos solinganidan oʻn yil oʻtdi, Vikipediyani oyiga 380 milliondan ziyod odam ishlatadi – bu jamiki Internet aholisining deyarli uchdan bir qismi.

U dunyodagi eng mashhur saytlar ichida 5-oʻrinda turadi. Undan oldingi toʻrt sayt milliardlab dollar sarmoya asosida, nihoyatda koʻp korporativ xodimlar va betoʻxtov marketing yordamida qurilib, ishlamoqda.

Lekin Vikipediya, ulardan farqli oʻlaroq, tijoriy sayt emas. U jamoat tomonidan yaratilib, koʻngillilar tomonidan boshqariladi. Siz ham shu jamoat aʼzosiziz. Va men bugun sizdan Vikipediyani himoya qilib, uning ishlashini davom ettirishda madad qilishingizni soʻrab yozmoqdaman.

Birgalikda biz uni tekin va reklamasiz qoldira olamiz. Biz uni ochiq saqlay olamiz – siz Vikipediyadagi axborotni istaganingizcha ishlata olasiz. Biz uning oʻsishini saqlay olamiz – bilim har yerda tarqalsin, bunda har kim qatnasha olsin.

Har yili shu payt biz sizdan va jami Vikipediya jamoatidan $20, $35, $50 yoki undan koʻproq ehson berib, xayrli ishimizni qoʻllab-quvvatlashingizni soʻrab iltimos qilamiz.

Agarda Vikipediyani axborot manbai, ilhom manbai sifatida qadrlasangiz, umid qilamanki, siz yordam qoʻlini choʻzishni ep koʻrasiz.

Eng yaxshi tilaklarim va hurmat ila,

Jimmy Wales

Vikipediya asoschisi

P.S. Vikipediya biz kabi kishilar ajabtovur ishlar qila olishini koʻrsatmoqda. Uni biz kabi kishilar yozishadi. Uni biz kabi kishilar qoʻllab-quvvatlashadi. U biz hammamiz dunyoni oʻzgartira olishimizga dalildir.